14:15 / 14.07.2018
124738

Erkinjon Turdimov qanday inson va qanday rahbar?

Aziz samarqandlik vatandoshlar, yangi hokimingiz haqida bilishni xohlaysizmi? Unday bo‘lsa, intervyuni o‘qib chiqing!

Xalqaro press-klub raisi Sherzod Qudratxo‘jayevning 20.08.2017 yil sayyor sessiyalaridagi Samarqandning yangi hokimi Erkinjon Turdimov bilan tet-a-tet formatidagi suhbati.

Foto: XPK

Siz oldin Navoiy viloyatiga hokim bo‘lgansiz. Shu boisdan ham ikki viloyat hayotini, aholi yashash sharoitini sizdan yaxshi biladigan mutaxassisni topish qiyin. Nima deb o‘ylaysiz, ikki viloyatni bir-biridan ajratib turadigan jihatlari nimada?

Navoiy bilan Surxondaryoni taqqoslash juda mushkul. Chunki Navoiy sanoatlashgan hudud va Navoiy mamlakatning donori hamdir. Bu hudud tushayotgan tushumining 65 foizini Respublika byudjyetiga beradi. Surxondaryo esa 33-35 foiz mablag‘ni subventsiya hisobidan markaziy byudjyetdan oladi. Surxondaryoda 5 ta tuman va Termiz shahri subventsiyadan chiqqan bo‘lsa, 8 ta tuman subventsiyadan foydalanmoqda. Shu boisdan, hokim sifatidagi asosiy maqsadim, Surxondaryoni subventsiyadan chiqarishdir.

Xalq bilan muloqot yilida Turdimovning o‘ziga xos texnologiyasi qanaqa?

Har bitta rahbarning o‘z ish rejasi bo‘lishi kerak. Aks holda kalavaning uchini yo‘qotib qo‘yamiz. Masalan, men hokim sifatida har haftalik ish rejamni belgilab olaman va har shanba kuni bitta tumanda, joyiga borib muloqot qilaman. Chunki, hududning o‘ziga borib muammoni eshitishning natijasi ko‘p bo‘ladi va xalq muammosini his qilish imkoni bo‘ladi. Hatto ba'zida ularni eshitib xo‘rligingiz keladi, afsuski, ayrim xollarda qo‘limdan kelmaydigan vaziyatlar ham bo‘lib qoladi.

Har yakshanba kuni telemuloqot o‘tkazar ekansiz. Shu haqida gapirib bersangiz.

Biz bu texnologiyani Navoiyda qo‘llaganmiz va ilk marotaba Surxondaryoda ham qo‘lladik. Oxirgi muloqotimizda 420 ta murojaat bo‘ldi. Bundan tashqari, tuman hokimlari, korxona rahbarlari, ta'lim, soliq va boshqa soha vakillari ham to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotga chiqadilar. Ko‘tarilgan masalalarning yechilganini esa har juma kuni videoselektorda nazorat qilamiz.

Ba'zi hokimlar majlis o‘tkazishni yaxshi ko‘radi. Siz-chi?

O‘zim majlisda o‘tirishni yomon ko‘raman. Shu bois ham ko‘p majlis o‘tkazavermayman. Albatta, samarasiz majlisning hech kimga keragi yo‘q. Undan ko‘ra, joyiga borib aniq tadbirlar bilan ishlagan yaxshi. Ushbu qoidaga amal qilgan rahbar o‘z-o‘zidan muvaffaqiyatga erishadi. Xalqi ham bu hokimni hurmat qiladi. Axir muhtaram Prezidentimiz bejiz “Asl bahoni xalq beradi” demaydilar.  

Surxondaryo hokimi uchun adolat muhimmi yoki insoniylik?

Ikkalasi ham muhim. Ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi.

Surxondaryodagi eng yaxshi ko‘rgan ko‘changiz, qishlog‘ingiz va nima sababdan aynan ular?

Surxondaryoda yaxshi ko‘chalar juda ko‘p. Misol uchun, Islom Karimov nomidagi ko‘cha, Ibn Sino ko‘chasi, Alisher Navoiy ko‘chalari juda chiroyli. Lekin menga eng yoqadigani, Termiz shahridagi At-Termiziy ko‘chasi. Qishloqlarni aytadigan bo‘lsam, Uzun tumanidagi qishloqlar ko‘proq yoqadi. Chunki, bu qishloqda hamma joy yam-yashil, shinam. Asosiysi, ko‘chalarga suv sepib, supurilgan bo‘ladi va yo‘llar chetidagi uzumzorlar kishi kayfiyatini ko‘taradi.

Hududning ma'naviy sohadagi islohotlarga qanchalik o‘z hissangizni qo‘shyapsiz?

Ayni vaqtda, Surxondaryo madaniyati haqida alohida kitob chiqaryapmiz. Surxondaryo raqsi va arxeologiyasi haqida ham kitob tayyorlanmoqda.  

Farzandlaringiz nechta va ularning tarbiyasiga qanchalik e'tibor qaratasiz?

Farzandlarim uch nafar. Inson, avvalo, o‘z oilasini tarbiyalashi kerak. Agar oilada yaxshi muhit bo‘lmasa, ishda baraka bo‘lmaydi. Ishda qancha obro‘ga erishsangiz ham oilada yaxshi tarbiya bermagan bo‘lsangiz, hamma mehnat yo‘qqa chiqadi.  Hamisha oilamni muqaddas bilaman.

Qanday kitoblar o‘qishni yaxshi ko‘rasiz va vaqtingiz bo‘lganda qanday filmlar ko‘rasiz?

Surxondaryoga kelganimdan beri birorta film ko‘rmadim. Kitoblarga keladigan bo‘lsak, Surxondaryo tarixi, adiblari haqidagi kitoblarni o‘qiyapman.

Qaysi saytlarga ko‘proq kirasiz.

Barchaga ma'lum va mashhur KUN.UZ, Gazeta.uz, Daryo.uz saytlarini ko‘proq o‘qiyman.

Turdimovning hayotiy formulasi?

Faqat oldinga!

HOKIMNING TAJRIBASIDAN KeLIB ChIQGAN XULOSALARI:

 Men taqdirimdan xursandman. Chunki avliyolar yurtiga rahbar etib tayinlandim.

 Surxondaryoning ijtimoiy muammolari boshqa viloyatlarnikiga qaraganda ko‘proq. Buning yechimlarini topishimiz kerak.

 Rahbarlik bu rohat emas. Balki azob-uqubatdir. Chunki har bir fuqaroning dardi, muammosi bilan yashashga majbur bo‘lasiz.

 Surxondaryoning iqlimi qishloq xo‘jaligiga juda mos iqlim. Uch mahal ekin ekib foydalanish imkoni bor.

 Hech narsadan cho‘chimasdan, mas'uliyatni o‘z bo‘yniga olish kerak. Bu har bir rahbarning vazifasi.

Top