03:56 / 14.07.2018
19523

FIFA prezidenti: JCh-2018 musobaqa tarixidagi eng yaxshisi

Foto: TASS

FIFA prezidenti Janni Infantino Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionati musobaqa tarixidagi eng yaxshisi ekanini ta'kidladi. Bu haqda RIA "Novosti" xabar berdi. 

"Aql bovar qilmaydigan va mahliyo qilib qo‘yadigan jahon chempionati. Musobaqaning eng boshidanoq bu yerda ekanimizdan ajoyib emotsiyalarni kechirayapmiz. Ikki kundan keyin esa buning eng yuqorisi bo‘ladi – final.

So‘nggi yillarda JCh-2018 barcha davrlardagi eng yaxshi musobaqa bo‘lishini aytganman. Hozir men yana bir bor, biroq ishonch bilan bu musobaqa tarixdagi eng yaxshi jahon chempionati ekanini ayta olaman. Men ushbu musobaqani tashkillashtirish va o‘tkazishga aloqasi bo‘lgan barcha insonlarga minnatdorchilik bildirmoqchiman", – dedi Infantino press-konferensiya vaqtida. 

Mavzu
Rossiya mundiali

2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiyaning 11ta shahrida 12ta stadionda JCh-2018 bo‘lib o‘tadi. Rossiya ilk bor mundialga mezbonlik qilmoqda.

Barchasi
Mavzuga oid
Top