09:35 / 14.07.2018
14836

Rossiya TIVdagilar NATOni «befoyda harbiy blok» deb atashdi

Foto: AFP/ Virginia Mayo

Rossiya tashqi ishlar vazirligi NATO sammitining yakuniy bayonotiga munosabat bildirib, Shimoliy Atlantika alyansini «befoyda harbiy blok», deb atadi.

Ilgariroq sammit qatnashchilari Rossiyaning alyans chegaralaridagi «provokatsion faoliyati» haqida gapirib o‘tishgan edi. NATO, shuningdek, Rossiyani «Kaliningradda qo‘sh maqsadli zamonaviy raketalarni o‘rnatish»da ayblagan. Bundan tashqari, alyans vakillari «NATO mamlakatlari havo hududiga bir necha bor buzib kirilgani va Qrimda harbiy salohiyat yuksaltirilayotgani»ni ta'kidlashgan.

Rossiya senati — Federatsiya Kengashida harbiy blokning Rossiya tomon ayblovlarini absurd deb baholashgan.

«Sammitning bayonotiga e'tibor bering. Bu absurdning chek-chegarasi bormikan?», — deb yozgan Federatsiya Kengashining xalqaro qo‘mitasi rahbari Konstantin Kosachev o‘zining «Feysbuk»dagi sahifasida.​

Harbiy blokning tajovuzkorona rejalari

Rossiya Davlat dumasi mudofaa ishlari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Yuriy Shvitkin, o‘z navbatida, alyans Rossiya chegaralari oldida tajovuzkorona rejalarni ishlab chiqayotganini ta'kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hol bezovta qilmasdan qo‘ymaydi.

Deputat, shuningdek, Shimoliy alyans harbiy xarajatlarni oshirib, o‘z salohiyatini kuchaytirmoqchi ekanligini qayd etdi.

«Albatta, jumladan, Ozarboyjonning NATO sammitiga taklif etilishi ham o‘zining harbiy ta'sirini oshirish va (Rossiya chegaralari yaqinida) yaxshiroq joylashib olishni ko‘rsatib turibdi», — degan siyosatdon.

Parlament a'zosi sammit Rossiya va NATO davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga raxna soluvchi yondashuvni namoyon etib berganini qayd etdi.

Mavzuga oid
Top