01:02 / 15.07.2018
16593

Qahramonning uzoq sayohatidan biz nima o‘rgandik?

Qahramon Uzoqovning nogironlik aravachasida Shahrisabzdan Toshkent city'ga yetib kelgani haqida  ma'lum qilgandik. Ko‘pchilik uning matonati va g‘ayratiga  tasannolar aytib, kishining umid, istaklari sari harakati shunday bo‘lishi kerak, desa, boshqalari o‘zgacha fikrda. 

Ayrimlarning fikriga ko‘ra, Qahramonning sayohati vaqtni behuda sarflash, piar bo‘lishdan boshqa narsa emas. Mening fikrim aynan shunday: u jamiyatning bir bo‘lagi sifatida barcha kabi istaklariga intilishini, buning yo‘lida Qahramonga imkoniyati cheklanganligi ham g‘ov bo‘lolmasligini isbotladi. 

Uning aytishicha, Qahramon yo‘l-yo‘lakay Imom Al-Buxoriyni ziyorat qildi, mehmondo‘st kishilar bilan do‘stlashdi, xushfe'l haydovchilarning mehrini qozondi. 

U bilan suhbatlashib, so‘zlarini tinglab, bir narsani tushundim: unga aynan shu kerak edi. Kishilar bilan suhbat, o‘z qarashlarini erkin bildirish. Toshkent city'ni ko‘rish ishtiyoqi bilan uning barcha ichki tug‘yonlari ham sayohatda ifodalandi. 

Uzoqov urfga aylangan «hayp»ni bajarmadi. Negaki, Qahramonga beminnat berilgan pullarni ham yig‘ib qo‘yib, Sirdaryodagi bolalar uyiga xayriya qilib yubordi. Balki, shundan so‘ng, uning asl maqsadini anglab, jamiyat ham javob qaytarar: kishining kiyimi, mansab yo nasabi, bilimi va boyligidan qat'iy nazar, biz insonmiz. 

Insonlar esa bir-biriga mehrli, oqibatli bo‘ladi. Ular ko‘chada uchratgan notanish kimsaga ham salom berib, yaxshi kayfiyat ulashadi.

Alisher Ro‘zioxunov

Top