13:10 / 15.07.2018
80855

Video: Shahram G‘iyosov raqibini ilk raunddayoq nokautga uchratdi

Bugun, 15 iyul kuni tongda bir yo‘la uch nafar o‘zbekistonlik professional bokschi AQShda navbatdagi janglarini o‘tkazdi.

Dastlab, Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Fazliddin G‘oibnazarov amerikalik bokschi Kevin Jonsonga qarshi ringga ko‘tarilib, hakamlar qaroriga ko‘ra g‘olib deb topilgan bo‘lsa, O‘zbekistonning ikkinchi vakili, Rio-2016 Olimpiadasi​ finalchisi Shahram G‘iyosov nokaut bilan g‘alaba qozondi. 

U meksikalik Daniel Echeverriyani birinchi raunddayoq polga qulatdi.

Shu tariqa, Shahram G‘iyosov professional ringdagi uchinchi jangida ham g‘alaba qozondi. U bundan avvalgi ikki jangning bittasida ham nokautli g‘alabaga erishgandi. 

Meksikalik raqib esa ancha tajribali bokschi hisoblanardi. U shu vaqtgacha 24ta jang o‘tkazib, ularning 19tasida g‘alaba qozongan (17tasi nokaut), 5ta jangda mag‘lubiyatga uchragandi (2tasi nokaut).

Mavzuga oid
Top