09:23 / 16.07.2018
40110

Yer qimirlashini 10 soniya oldin his qilgan mushuklar internet ahlini hayratlantirdi (video)

Foto: Videodan kadr

Internetda Yaponiyadagi mushuklar kafesidagi kuzatuv kamerasi qayd qilgan video ommalashmoqda. Videoda bir nechta mushuk yer qimirlashidan 10 soniyacha oldin bir vaqtda bezovtalana boshlaganini ko‘rish mumkin. 

Video 18 iyunda yozib olingan. Unda mushuklar xonaning turli burchaklarida tinch yotganlari, biroq keyin ulardan bir nechtasi bir vaqtda boshini ko‘tarib, xavotirlangan holda quloqlarini ding qilib turgani, so‘ngra xona bo‘ylab chopa boshlagan. Bir necha soniyadan keyin esa kamera yer qimirlashni qayd qiladi.

Foydalanuvchilar o‘z izohlarida mushuklarning sezgirligiga tan berishgan. Ko‘pchilikning tabiiy ofat vaqtida xonada qamalgan holda qolgan mushuklarga rahmi kelgan. Biroq kafe egalari xavotirlanishga o‘rin yo‘qligini, mushuklarga hech narsa qilmaganini ma'lum qilishgan. Video bir necha kun ichida milliondan ko‘proq namoyish to‘plagan.

Mavzuga oid
Top