23:09 / 18.07.2018
32647

Yo‘lovchi falokatga uchragan samolyotning favqulodda qo‘nishini videoga oldi

Janubiy Afrika Respublikasida yo‘lovchi samolyotning favqulodda qo‘nishini videoga oldi. 

Erkak yo‘lovchi chap qatorda oyna oldida o‘tirgan. U dvigateli yonib ketgan samolyotning tezlik bilan pastlashini videoga olgan.

“Borgan sari yomonlashmoqda. Hammasi juda yomon”, deb aytadi erkak.

So‘ngra kamera ekrani qorayib, zarba tovushi eshitiladi va tutunda qolgan samolyot saloni ko‘rinadi. So‘ngra yo‘lovchilarni evakuatsiya qilish boshlanadi. 

10 iyulda xalqaro reysni amalga oshirayotgan samolyot Pretoriyada favqulodda qo‘ngan. Buning oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan, 20 kishi jarohat olgan.

 

‪A video taken from inside the plane that crashed after taking-off from the Wonderboom Airport in Pretoria. WATCH ‬

Posted by Yusuf Abramjee on Tuesday, July 17, 2018

 

Mavzuga oid
Top