11:50 / 18.07.2018
6493

Sudyalar xalq orasida qonunlar bo‘yicha tushuntirishlar bermoqda

2018 yilning 13 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni imzolandi.

2018 yilning 16 iyul kuni Toshkent shahar jinoyat, fuqarolik, ma'muriy va iqtisodiy sudlari raislari va Sudyalar Oliy kengashi raisining o‘rinbosari D.Aripovning raisligida sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda aholining huquqiy ongini ko‘tarish maqsadida, Bektemir va Yashnobod tumanining musiqa maktabi binolarida sayyor uchrashuvlar o‘tkazildi. Uchpashuvda hududdagi fuqarolar, hokimiyat, prokuratura, MFY, Yoshlar ittifoqi, hotin-qizlar qo‘mitasi va boshqa davlat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. Prezident farmoni mazmuni va mohiyati tushuntirilib, savol-javob tarzida muloqot qilindi hamda ularning qiziqtiradigan huquqiy masalalarga yechimlar berildi.

Yig‘ilishda fuqarolar tomonidan sud-huquq sohasida bo‘lib o‘tayotgan shu kabi islohotlar yuksak baholanib, sudyalarning halq orasida yurib, fuqarolarni rozi qilish borasida huquqiy targ‘ibot sohasida amalga oshirayotgan ishlari va qabul qilinayotgan qarorlari ijobiy natija berayotganligi haqida fikr bildirildi.

Mavzuga oid
Top