9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

17:10 / 19.07.2018 21914

Bugun Toshkentning bir tumanida ikki yong‘in yuz berdi: o‘t o‘chiruvchilar 6 kishini qutqarishdi

Bugun, 19 iyul kuni soat 4:54da Toshkent shahar IIBB YoXBga Mirobod tumani, Oybek ko‘chasidagi 9 qavatli uyning birinchi qavatida joylashgan do‘konda yong‘in chiqqani haqida xabar kelib tushgan. O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga yetib borib, soat 5:19da olovni o‘chirgan. Baxtsiz hodisa oqibatida do‘kondagi mahsulotlar yonib ketgan. O‘t o‘chiruvchilar do‘kon ustida joylashgan xonadondan olti kishini qutqarib olib chiqqan; qurbonlar va tan jarohati olganlar yo‘q. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, alanga eletkr simlaridagi qisqa tutashuv oqibatida kelib chiqqan.

Foto: GUVD
Foto: GUVD

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati axborotiga ko‘ra, Shu kuni ertalab tuman hududidagi Nukus ko‘chasida joylashgan «Sigma» biznes markazidagi yong‘in ro‘y bergan.

Foto: GUVD

Olov soat 5:49da o‘chirilgan, hodisa oqibatida 9 qavatli binoning tashqi qoplamasi va 4-qavatdagi sog‘lomlashtirish markazi joyi zarar ko‘rgan. Hodisa sabab qurbonlar va tan jarohati olganlar yo‘q. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, yong‘inga sog‘lomlashtirish markazining SPA-salonida elektr isitish uskunasining qarovsiz qoldirilgani sabab bo‘lgan.

Top