14:15 / 20.07.2018
26349

So‘m MDH davlatlari valyutalari orasida o‘sish bo‘yicha yetakchiga aylandi

Foto: KUN.UZ

O‘tgan haftada so‘m MDH mamlakatlari valyutalari orasida o‘sish sur'ati bo‘yicha yetakchiga aylanib, dollarga nisbatan 4,76%ga mustahkamlandi. Valyutaning ayirboshlash kursi Markaziy bankning kuchli ta'siri ostida bo‘lishiga qaramay, o‘sish uchun sabablar yetarlicha, deb hisoblaydi «Alpari» tahlil departamenti direktori o‘rinbosari Natalya Milchakova.

O‘zbekiston valyutasidan tashqari, Belarus rubli va Rossiya rubli ham dollarga nisbatan qimmatlashdi - mos ravishda 1,28% va 1,2%.

Neftga narxlarning tushib ketishi Rossiya rubli kursiga hech qanday ta'sir ko‘rsatmagan. 

Moldova leyi, Gruziya larisi, Ukraina grivnasi, Armaniston drami dollarga nisbatan qimmatlagan (0,15−0,55%ga). Ozarboyjon manati neytral darajada qoldi.

Qozog‘iston tengesi pasayish bo‘yicha yetakchiga aylandi. Tenge kursiga neftga narxlarning tushib ketishi salbiy ta'sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin. Dushanba, 9 iyul kuni Qozog‘iston Milliy banki foiz stavkasining yangi pasaytirilishidan bosh tortdi, bu Qozog‘iston valyutasi “qulashini” biroz ushlab qolgan.

Qirg‘iziston somi ham dollarga nisbatan arzonlashdi (0,19%). Bunga, katta ehtimol bilan, mamlakatdagi siyosiy inqiroz va ehtimoliy defolt haqidagi mish-mishlar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Tojikiston somoniysi dollarga nisbatan atigi 0,04%ga arzonladi.

 

Top