11:40 / 20.07.2018
7726

TIVda Lukashenkoning O‘zbekistonga tashrifiga tayyorgarlik muhokama qilindi

2018 yilning 20 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Belarus Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Leonid Marinichni qabul qildi.

TIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, suhbat davomida asosiy e'tibor bo‘lajak O‘zbekiston – Belarus oliy darajali uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish, jumladan tashrifning kun tartibi va dasturi masalalariga qaratildi.

Uchrashuvda Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisi va boshqa ikki tomonlama tadbirlarning o‘tkazilish muddatlari ham muhokama qilindi.

Avvalroq, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko joriy yilning 12-14 sentabr kunlari O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Mavzuga oid
Top