AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterdagi sahifasida OAVning Rossiya prezidenti Vladimir Putinga juda yumshoq yondashuvga ega bo‘lgani borasidagi tanqidiga javob qaytardi.
«Feyk OAVning fikricha, men Putin bilan juda yumshoq tarzda gaplashganman», - deya yozgan Tramp.
Uning so‘zlariga ko‘ra, avval bunday yondashuv diplomatiya, deb atalgan bo‘lardi.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, agarda u Putin bilan o‘zini ancha «qattiq» tutganida, OAV aks iddaolar bilan chiqishi aniq edi.
Trampning ta'kidlashicha, bunday «feyk OAV» ikkiyuzlamachilik bilan shug‘ullanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq amerikaliklarning aksariyatiga Trampning Xelsinkidagi xatti-harakati yoqmagani xabar berilgandi.