19:43 / 21.07.2018
7071

Yosh va voyaga yetmaganlar jinoyati uchun Navoiyda ochiq sayyor sud o‘tkazildi

2018 yilning may oyida jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati, Nurota tuman sudining sayyor ochiq sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Sudlanuvchilar Raxmonov Nurali Norbobo o‘g‘li (1997 yilda tug‘ilgan) va voyaga yetmagan Toshtemirov Islom Ulug‘bek o‘g‘liga (2000 yilda tug‘ilgan) oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Ma'lum bo‘lishicha, sudlanuvchilar N.Raxmonov va I.Toshtemirov o‘zaro til biriktirgan holda turli xildagi o‘g‘irlik jinoyatlarini sodir etib kelishgan. Asosan, o‘z qishloqlaridagi mayda shoxli mollarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, pullab kelishgan.

Sud, N.Raxmonovga O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (o‘g‘rilik, takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan) bilan JKning 57-moddasini (yengilroq jazo tayinlash) qo‘llab, 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.

Shuningdek, voyaga yetmagan I.Toshtemirovga esa  JKning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan JKning 57-moddasini qo‘llab, JKning 841-moddasi(ozodlikni cheklash) tartibida 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. 

Ularga quyidagi tartibda ozodlikni cheklash jazosi belgilandi:

  • sudlanuvchilar yashash va o‘qish  joyidan har kuni kech soat 22:00 dan ertalab soat 06:00 gacha chiqishini cheklab qo‘yish;
  • nazorat qiluvchi organning roziligisiz yashash joyini o‘zgartirmaslik;
  • Navoiy viloyati hududini tark etmaslik;
  • muayyan joylarga, ya'ni kafe, barlar va restoranlarga bormaslik;
  • alkogolli ichimliklar iste'mol qilmaslikdan iborat qo‘shimcha cheklashlar yuklatildi.

Hukmdan norozi taraflar shikoyat yoki protest bildirishga haqliligi tushuntirildi.

Mavzuga oid
Top