14:44 / 21.07.2018
8071

OAV: Benzema faoliyatini «Milan»da davom ettirishi mumkin

Foto: Real Madrid C.F.

«Milan» klubi «Real»dan hujumchi Karim Benzemani sotib olish haqida o‘ylamoqda. Bu haqda jurnalist Janluka Di Martsio o‘z saytida ma'lum qilgan.

Manbaga ko‘ra, rossoneri rahbariyati allaqachon o‘yinchining vakillari bilan uchrashishga ulgurgan bo‘lsa, jamoa bosh murabbiyi Jyennaro Gattuzo futbolchining o‘zi bilan shaxsan suhbatlashgan. Benzemaning o‘zi, mish-mishlarga qaraganda, faoliyatini «Milan»da davom ettirishga qarshi emas.

30 yoshli futbolchining «Real» bilan shartnomasi 2021 yilga qadar amal qiladi. U Madridda yiliga 10 million AQSh dollari atrofida maosh oladi. Manbada keltirilishicha, milanliklar fransuzga aynan shuncha miqdordagi maosh ko‘zda tutilgan, 2022 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma taklif etishga tayyor turishibdi.

O‘tgan mavsumda Benzema klubining 47 o‘yinida maydonga tushib, 12+11 mahsuldorlik ko‘rsatkichini qayt etgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha Sport arbitraj sudi UYeFAning «Milan»ni yevrokuboklardan diskvalifikatsiya qilish qarorini bekor qilgandi.

Futbolga oid shu va boshqa eng so‘nggi yangiliklarni hamkorimiz «Tribuna.uz» saytida kuzatib boring.

Top