19:01 / 21.07.2018
8667

«PSJ» prezidenti: «Neymar va Mbappening kelishmovchiligi haqidagi gaplar – uydirma»

Foto: Getty Images

«PSJ» prezidenti Nosir Al-Xelayfi jamoa a'zolari Neymar va Kilian Mbappe o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi. Bu haqda Goal nashri xabar bermoqda.

«Neymar va Mbappening munosabatlari yaxshi. Ular bir-biri bilan yaxshi chiqishishadi. Qolgan hammasini jurnalistlar to‘qib chiqargan. Ular o‘rtasida dushmanlik bo‘lishi mumkin emas. Ikkalasi ham birga o‘ynayotganliklaridan xursand.

Jamoam a'zolari Jahon chempionatida a'lo darajada qatnashishdi. Braziliya terma jamoasi katta bosim ostida edi, biroq Fransiya fantastik o‘yinlar ko‘rsatib, chempionlikka haqli ravishda erishdi. Mbappega gap bo‘lishi mumkin emas. Neymar ham jarohatiga qaramay eng yaxshi o‘yinini namoyish etdi, qo‘lidan kelgan barchasini bajardi», - dedi Al-Xelayfi.

Avvalroq Neymarning o‘zi ham Mbappe bilan o‘rtalarida yaxshi munosabatlar borligini bildirib, uni jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylanishiga ishonishini aytgandi.

Futbolga oid shu va boshqa eng so‘nggi yangiliklarni hamkorimiz Tribuna.uz saytida kuzatib boring.

Mavzuga oid
Top