20:36 / 21.07.2018
39328

Ronaldu ketgach «Real»ning 7-raqami kimga o‘tishi ma'lum bo‘ldi

Foto: EFE

«Real» jamoasi hujumchi Krishtianu Ronaldu ketgach bo‘sh qolgan 7-raqam ostida qaysi futbolchi to‘p surishini aniqlab oldi. Caughtoffside portali ma'lumotiga ko‘ra, bu Marko Asensio bo‘ladi.

O‘tgan mavsumda 22 yoshli yarimhimoyachi madridliklar safida 20-raqamda o‘ynagandi.

«Real»ning «7» raqamli futbolkalari klub tarixida afsonaviy Raymon Kopa, Amansio Amaro, Xunito, Emilio Butrageno va Raul kabi o‘yinchilarga tegishli bo‘lgan.

Top