11:43 / 21.07.2018
3723

O‘zmilliybank Fransiyaning NATIXIS banki bilan muzokaralar o‘tkazdi

Foto: O‘zmilliybank

2018 yil 20 iyul kuni Parij shahrida, O‘zbekiston Respublikasi va Fransiya Respublikasi o‘rtasida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 7-yig‘ilishi doirasida O‘zmilliybankning NATIXIS (Natiksis) banki bilan muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida investitsion loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish, jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari uchun loyihalarni moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi. Ular Fransiya va Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlaridan yuqori texnologik uskunalar va xizmatlar import qilinishini o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, uzoq muddatli hamkorlik, eksportni moliyalashtirish sohasidagi bitimlar va strategik loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun kreditlar ajratish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

NATIXIS banki bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga yangi sur'at bag‘ishlaydi va fransuz biznesining O‘zbekistonga kirishiga yordam beradi.

Ma'lumot uchun, NATIXIS banki BPCE Group tarkibiga kiradi va Fransiyaning to‘rtinchi yirik banki hisoblanadi.

Reklama huquqi asosida

Top