09:48 / 23.07.2018
12156
Reklama

LG TwinWash kir yuvish mashinasi - uy yumushlarida ishonchli yordamchingiz!

Foto: LG

Tasavvur qiling, ishdan uyga keldingiz. Uzoq mehnat kunidan so‘ng charchagansiz. Oldingizda esa yuvilishi lozim bo‘lgan ko‘plab kiyimlar turibdi. Bu kiyim-kechaklarni yuvish uchun kamida uch marta yuklash talab etiladi. Kir yuvish mashinasi barcha funksiyalarni o‘zi bajarishi va birdaniga bir nechta yuklamani yuvishini juda istab qolasiz. Barcha istaklarni o‘zida aks ettiruvchi kelajak tezroq kelsa edi…

Kelajak kirib kelib bo‘ldi! LG TwinWash kir yuvish mashinasi - Sizning ishonchli yordamchingiz tufayli bo‘sh vaqtni kir yuvishdan ko‘ra boshqa narsa uchun sarflashingiz mumkin.

Barchasi bir vaqtning o‘zida vazifani osonlik bilan bajara oladigan ikki hissali yuklama tufayli!

Foto: LG

TwinWash - ikkita baraban

Agar siz ko‘p va tez-tez kir yuvishga majbur bo‘lsangiz, unda ikki hissali baraban funksiyasi bilan bu jarayonni bir necha marotabaga qisqartirasiz. Endi ustki kiyim va o‘ta nozik matolarni turli barabanlardan foydalanib, bir vaqtning o‘zida yuvishingiz mumkin. Frontal yuklamaga ega asosiy baraban 17 kg kiyim-kechakni sig‘dirsa, vertikal yuklamasi qo‘shimcha baraban 3,5 kg.ga mo‘ljallangan. Siz nafaqat kir yuvishga sarflangan vaqtni tejaysiz, balki suv va elektr energiyasini ham ortiqcha ishlatmaysiz. Har bir baraban o‘z boshqaruv paneli va kir yuvish dasturlariga ega hamda bir-biridan mustaqil ravishda ishlaydi.

Asosiy va pastki baraban sizning narsalaringiz uchun ideal bo‘lgan turli sikllarda ishlashi mumkin. Qo‘llarni ishlatmagan holda qo‘lda yuvish, shuningdek, ichki kiyimlar, sport kiyimlari, nozik matolarni yuvish uchun mo‘ljallangan maxsus sikllar kiyimlaringizni yaxshilab va to‘g‘ri tozalashga xizmat qiladi. Tub Clean barabanni tozalash jarayoni uni toza saqlashga yordam beradi.

Foto: LG

TrueSteam - bug‘ kuchi

TrueSteam funksiyasi - bu narsalaringizni ehtiyot qilib yuvish va ularga g‘amxo‘rlik qilishdir. Baraban ichidagi bug‘ tufayli doimiy harorat saqlanib qoladi, u barcha ifloslantiruvchi moddalar va allergenler bilan kurashishga imkon beradi. Siz osonlik bilan kiyimingizga yangi qiyofa berishingiz, yoqimsiz hidni yo‘qotishingiz, kichik qatlarni yuvuvchi vositalardan foydalanmasdan tekislashingiz mumkin. Atigi yigirma daqiqa - va kiyimingiz yana toza va dazmollangan holatda. Aqlli va yorqin boshqaruv paneli bu jarayonni yanada osonlashtiradi. LG TrueSteam bug‘ funksiyasi Britaniya Allergologlar jamg‘armasi tomonidan yuqori sifatli bahosini qo‘lga kiritdi, Rossiyaning Bolalar allergologlar va immunologlar assotsiatsiyasi tomonidan sinovdan o‘tkazildi.

Foto: LG

10 yil kafolat

Kir yuvish mashinasining barabanlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatmali invertorli motor tomonidan harakatga keltiriladi, bu ish deyarli shovqinsiz bo‘lishini ta'minlaydi. An'anaviy uzatli shkiv (uzatma tasmasini harakatga keltiruvchi g‘ildirak) va uzatish tasmasidan voz kechish tufayli tebranishlar kamayadi, shuning uchun mashina buzilishga kamroq moyil bo‘ladi. Aynan shuning uchun LG Electronics motor ishi uchun 10 yil kafolat beradi. Smart Diagnosis yangi funksiyasi uyga servis xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassisni chaqirmasdan LG kir yuvish mashinalarining masofadan avtomatlashtirilgan diagnostikasini ta'minlaydi.

Foto: LG

LG TwinWash kir yuvish mashinasini sotib olish, shuningdek, uning narxlari bilan tanishish uchun quyidagi do‘konlarga murojaat qiling:

- “Fleshka” texnobozori (sobiq Malika)

- «Ipak Yo‘li» bozori (sobiq Abu-Saxiy)

- MEDIAPARK Bozori va GOODZONE tarmog‘i

- LG’ning «Next» SKMdagi maxsus do‘koni yoki 143-00-03 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali.

LG Uzbekistan’ning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring:

Facebook: www.facebook.com/LGUzbekistan

Instagram: www.instagram.com/LGUzbekistan

Foto: LG

LG Electronics kompaniyasi texnikasiga servis xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha LG Mijozlarni servis qo‘llab-quvvatlash xizmati bilan bog‘laning: 0-800 120-22-22. O‘zbekiston fuqarolari uchun ushbu raqamga qo‘ng‘iroq bepul. Muhim: raqamni to‘liq terish kerak.

Reklama huquqi asosida

Top