2017 yil 15 dekabr kuni Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida yashovchi N.N. ismli ayol IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
U shu kuni noma'lum shaxs uning uyiga eshigini buzish yo‘li bilan kirib, yotoqxonasidan 14 900 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Katta-hayot mahallasida yashovchi D.T. va Bahor mahallasida yashovchi D.A. sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.