08:16 / 23.07.2018
8751

O‘zbekiston va Qozog‘iston qo‘shma harbiy mashqlar o‘tkazdi

Foto: Qozog‘iston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston va Qozog‘iston «Forish» o‘quv markazi (O‘zbekiston) bazasida qo‘shma taktik-maxsus mashg‘ulotlarning ikkinchi bosqichini o‘tkazdi. Bu haqda Qozog‘iston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Mashqlar davomida Qozog‘iston va O‘zbekiston Maxsus amaliyot kuchlari bo‘linmalari tomonidan tog‘li qishloqda shartli noqonuniy qurolli guruhni maxsus razvedka qilish, bloklash va yo‘q qilish, aviatsiya va artilleriyani qo‘llagan holda chiqib kelayotgan zaxiralarni tor-mor keltirish bo‘yicha vazifalar bajarildi.

Tomonlarning o‘zaro aniq harakatlari natijasida, har ikki davlat hududida maxsus operatsiyalarni o‘tkazishda kontingentlarni boshqarish va ularni to‘liq ta'minlash masalalari ishlab chiqildi.

Taktik-maxsus mashqlar natijalariga ko‘ra, Qozog‘iston va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining Maxsus amaliyot kuchlari bo‘linmalariga yuklangan vazifalar muvaffaqiyatli bajarildi.

Foto: Qozog‘iston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Bunday mashqlar muntazam ravishda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Ta'kidlash joizki, mashqlarning birinchi bosqichi Qozog‘istonda 2018 yil iyul oyi o‘rtalarida bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulotlar dastlabki bosqichida Qozog‘iston va O‘zbekiston Maxsus amaliyot kuchlari bo‘linmalari tomonidan tungi vaqtda razvedka-jangovar harakatlarni amalga oshirish bo‘yicha vazifalar bajarildi.

Mavzuga oid
Top