19:15 / 24.07.2018
4795

Qozog‘istonda chigirtkalarga qarshi dronlardan foydalanishmoqchi

Foto: Trend

Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vazirligi ekin maydonlarini chigirtkalardan tozalash uchun maxsus dronlarni sotib olish niyatida. Bu haqida bugun qishloq xo‘jaligi vazirligi agrosanoat kompleksida tashkil etilgan matbuot anjumanida Davlat inspeksiya qo‘mitasi raisi Azxar Kadzibekova ma'lumot berdi:

«Qozog‘istonning quruq va suv havzalari bo‘yidagi yerlar o‘zlashtirilishi kerak. Ishga tushiriladigan dronlar avtomatik tarzda tekshiruv olib boradi. Mas'ul tashkilotlar ushbu xizmatni xarid qilishlari talab qilinadi. Biz dronlarni o‘zinimas, balki xizmatni sotib olmoqchimiz. Dron ishlab chiqaruvchilar xizmat narxlari borasidagi muammolarni hal qilishmoqda. Bu ularning manfaatiga mos kelsa, hamkorlikni boshlaymiz. Biz inson kuchi sarflanmaydigan, uzoq masofalarga uchuvchi qurilma loyihasini amalga oshirmoqchimiz. Dronning o‘zi ma'lum hududga uchib, chigirtkalarni aniqlaydi. Qurilmaga kamera, mutaxassislar koordinatani bilishlari uchun navigatsion tizim o‘rnatiladi va albatta, dron hududni chigirtkalardan tozalay olishi kerak», degan u.

Loyihani amalga oshirish uchun davlat byudjyetidan 1.3 mlrd. tenge ajratilgan.

Top