10:30 / 24.07.2018
4754

Ko‘zi ojizlarga yordam beruvchi yangi texnologiya yaratildi

Feel The View deya nomlanuvchi qurilma ko‘zi ojiz insonlarga sayohat davomida haqiqiy tabiat manzarasidan zavqlanishga yordam beradi.

Panel oynaga mahkamlanadi va qurilma ichidagi kamera manzarani suratga oladi. Shaklni aniqlovchi algoritm suratni tahlil qiladi va nurni nano vibratsiyalarga aylantiradi. Qanchalik ko‘p yorug‘lik bo‘lsa, shuncha yuqori tebranish bo‘ladi.

Texnologiyani sinovdan o‘tkazuvchi Antonio Bruno shunday deydi: «Bir nechta test sinovlaridan so‘ng u ma'lum hissiyotlarni yetkazib beradi, chunki tebranish barmoq uchida joylashgan nerv tolalariga o‘tadi. Yorug‘lik va zulmat tezligi o‘zgarishini qaytarish orqali bulut murakkab va geometrik shakllardan butkul farq qilishini bilib olasiz».

Top