15:10 / 24.07.2018
4016
Volfram sanoatini tiklash uchun IFG Capital Partners jalb etildi
Foto: natural-museum.ru

Davlat geologiya qo‘mitasi O‘zbekiston volfram sanoatini qayta tiklash uchun IFG Capital Partners’ni jalb qildi, deb xabar beradi Spot.

«IFG Capital Partners Samarqand viloyatining Yaxtonida volfram konlarini o‘zlashtirishning texnik-iqtisodiy asoslarini aniqlash uchun O‘zbekiston Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi bilan kelishuv imzoladi», - deyiladi xabarda. 

Agar tadqiqot ijobiy natijaga olib keladigan bo‘lsa, IFG konning sanoat o‘zlashtirilishini tashkil qiladi. IFG tadqiqot birinchi bosqichini darhol boshlashni rejalashtirmoqda - bu rudalarni qayta ishlash optimal ssenariysini aniqlash uchun mavjud zaxiralarni tasdiqlash va metallurgiya sinovlarini o‘tkazishga burg‘ilashni o‘z ichiga oladi. Shundan keyin qayta ishlash obekti loyihasi kiritiladi. 

Yaxton - Samarqanddan 55 km janubda, Urgut shahri yaqinida joylashgan volfram koni. Bu yerda volfram trioksidining katta zaxiralari bor, deb hisoblanadi - 20 ming tonnadan ortiq.

«Yaxton - zamonaviy ishlab chiqaruvchi korxona negizida qator past rentabelli konlarni birlashtirish yo‘li bilan O‘zbekistonda volfram klasterini yaratishda birinchi qadam bo‘ladi», - deya hisoblashmoqda IFG’da.

Top