17:59 / 25.07.2018
10355

O‘zbekiston loukosterlarning kirib borish darajasi bo‘yicha Osiyoda autsayderlardan biri

Foto: Pixabay

O‘zbekiston - loukosterlarni kirib borishi nuqtai nazaridan Osiyodagi autsayderlar biri. Bundan ANNA.AERO tomonidan o‘tkazilgan marketing tadqiqoti ma'lumotlari darak beryapti.

2008 va 2018 yillar o‘rtasidagi vaqt oralig‘ini qamrab olgan tadqiqotda ko‘rsatilishicha, Osiyo bu davrda loukosterlarning kirib borishi darajasi bo‘yicha Yevropani ortda qoldirdi - o‘rtacha o‘sish darajasi 19 foizni tashkil qiladi. Taqqoslash uchun, Yevropada bu ko‘rsatkich 9,4%ga teng, deb yozadi Spot.

Bu davrda bozorda loukosterlar ulushi 10%dan 28%gacha o‘sdi. Tadqiqotda taxmin qilinishicha, agar shunday sur'atlar saqlanib qolsa, loukosterlar 2030 yilga kelib Osiyo aviabozorining 50 foizini egallashi mumkin.
  
71 million o‘rindiqli IndiGo eng yirik loukosterga aylandi, keyin Lion Air (51 million) va AirAsia (37 million) boryapti.

Eng yirik bozorga Hindiston aylandi - u yerda loukosterlar bozorning 59 foizini egallab bo‘lgan. Filippinda 55 foiz va Malayziyada 54 foiz.

O‘zbekistonda bozorning 0,1% loukosterlarga tegishli - bu mamlakatga uchuvchi yagona aviakompaniya Air Manas’dir. U Toshkent va Bishkek o‘rtasida haftada ikki marotaba qatnovni amalga oshiradi.

Qirg‘iziston loukosterlarning kirib kelishi bo‘yicha to‘qqizinchi o‘rinni egallab turibdi - ular butun aviabozorning 33 foizini tashkil qiladi. Qozog‘iston va Turkmanistonda bu ko‘rsatkich 2 foizga teng bo‘lsa, Tojikistonda 2,3 foiz va Mo‘g‘ulistonda 2,5 foiz.

Top