8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

13:06 / 26.07.2018 46280

Abituriyentlar uchun navbatdagi xizmat tashkil etildi - DTM

Foto: KUN.UZ

2018/2019 o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun navbatdagi xizmat tashkil etildi, deb xabar bermoqda Davlat test markazi axborot xizmati.

Qayd etilishicha, endilikda abituriyent o‘zining test sinoviga qachon va qaysi smenada borishi hamda test topshiradigan bino va uning manzili haqida oldindan aniq ma'lumot olishi mumkin. Buning uchun Davlat test markazining dtm.uz saytidagi interaktiv bo‘limidan “Kirish test sinovi topshirish vaqti” bo‘limi orqali so‘rov asosida tegishli joyga o‘zining fuqarolik pasporti seriyasi va raqamini kiritadi hamda aniq ma'lumotga ega bo‘ladi.

Ma'lumot uchun, abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan sana (kun) va vaqt (smena)da test sinovlariga kelishi shart, boshqa sana va vaqtda test sinovlariga qo‘yilmaydi.

Top