08:45 / 26.07.2018
10624

​AQSh va Yevropa «savdo urushi» yakuniga yetdi

Foto: REUTERS

25 iyul kuni Vashingtonda Yevrokomissiya prezidenti Jan Klod Yunker bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng, AQSh prezidenti Donald Tramp «savdo urushi»dagi bojxona tariflarini qayta ko‘rib chiqilishini bildirdi. 

CNN xabariga ko‘ra, Tramp qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, jumladan lavlagi va soyaga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlashga va'da bergan. 

«Bu kun erkin va halol savdo uchun katta ahamiyatli bo‘ldi», deydi AQSh davlat rahbari. 

Rose Garden'da tashkillashtirilgan qo‘shma bayonot chog‘ida amerikalik siyosatchi «aloqalarning yangi ufqi» boshlangani haqida gapirib, barcha lol qoldirdi. 

Bungacha Donald Tramp Yevropa mashinasozligiga tahdid soluvchi fikrlarni bildirgandi, ya'ni har bitta Yevropada ishlab chiqarilgan avtomobilni AQShga olib kirishda 20 foiz miqdorida boj to‘lovi joriy etishni taklif qilgan. Shunga qaramay, AQSh allaqachon Yevropaning alyuminiy va po‘lat xom-ashyosiga boj to‘lovini joriy etgan. 

Mavzuga oid
Top