11:35 / 26.07.2018
14029

Yevrokomissiya rahbari Trampga harbiy qabriston fotosuratini sovg‘a qilgan

Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp bilan savdo muzokaralaridan so‘ng, unga Lyuksemburgdagi harbiy qabriston fotosuratini sovg‘a qildi. Bu haqda YeK saytida xabar berilgan.

Yunkerning so‘zlariga ko‘ra, fotosuratda Lyuksemburgdagi harbiy qabriston tasvirlangan bo‘lib, aynan shu yerda Ikkinchi jahon urushi vaqtida ittifoqchilar qo‘shinlarining Normandiyaga tushirilishida qo‘mondonlik qilgan AQSh generali Jorj Patton dafn etilgan. Patton urush yakunlanganidan so‘ng, AQShga qaytishiga bir kun qolganida avtohalokatda hayotdan ko‘z yumgan.

«Hurmatli Donald, keling umumiy tariximizni bir eslaymiz», - deya yozilgan suratning orqa tomonida.

Mavzuga oid
Top