10:20 / 26.07.2018
9433

Fedor Yemelyanenko FQB agenti bilan suhbat tafsilotlarini oshkor qildi

Foto: Andrey Pronin / Interpress / TASS

Aralash yo‘nalish bo‘yicha rossiyalik jangchi Fedor Yemelyanenko AQSh FQB qanday taklif bilan chiqqani haqida aytib o‘tdi, deb yozmoqda «RIA Novosti».

Yemelyanenko aprel oyi oxirida Chikagoga amerikalik Frenk Mir bilan jang o‘tkazish uchun kelgan. Britaniyaning The Telegraph nashri ma'lumotiga ko‘ra, mehmonxonada rossiyalik bilan FQB agentlari suhbat o‘tkazgan.

«Biz mashg‘ulotlardan mehmonxonaga qaytib keldik, u yerda bizni FQB zobiti kutib turgandi. U o‘zini tanishtirib, tashrif qog‘ozini berdi hamda biz kutilmagan vaziyatlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri unga murojaat qilishimiz mumkin ekanini aytdi», - deya ma'lum qilgan Yemelyanenko.

41 yoshli sportchi bu nima bilan bog‘liq ekaniga aniqlik kiritmagan.

Mavzuga oid
Top