09:59 / 27.07.2018
23885

Putin Erdo‘g‘an bilan restoranga borishga rozi bo‘ldi. U faqat bitta shart qo‘ygan

Foto: REUTERS

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning restoranga borish to‘g‘risidagi taklifini qachon qabul qilishini aytdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Turkiya yetakchisi Yoxannesburgdagi BRIKS sammiti vaqtida Putin bilan suhbatlashib, mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar rivojiga ijobiy baho berdi, u «ba'zi mamlakatlarda hasad uyg‘otmoqda». Shundan so‘ng Rossiya prezidenti Erdo‘g‘anga restoranga borish haqidagi taklifni eslatdi. «Siz meni restoranga taklif qilish haqida va'da bergan edingiz», - dedi u. Erdo‘g‘anning qayd etishicha, taklif hamon o‘z kuchini yo‘qotmagan.

«Biz sizlar go‘sht mahsulotlarini bozorga kiritganingizda, restoranda bizning go‘shtdan tayyorlangan taomlar bo‘lganida, birgalikda tushlik qilishga kelishib olgandik», - deya javob qaytardi Rossiya prezidenti.

Turkiya prezidentining va'da berishicha, Putinni «katta ishtiyoq bilan» kutib qoladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin Hindiston bosh vaziri bilan uchrashuvdan avval Rossiya delegatsiyasini tergab qo‘ygandi.

Top