19:51 / 27.07.2018
14184

Tojikiston prezidenti Rog‘un GES birinchi agregatini kuzda ishga tushirish topshirig‘ini berdi

Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Rog‘un GESining birinchi navbatini shu yilning kuzida ishga tushirish bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish borasida mamlakat hukumati va gidroelektrostansiya rahbariyatiga choralar qabul qilish topshirig‘ini berdi, deb xabar berdi mamlakat prezidenti matbuot xizmati.

Imomali Rahmon Rog‘un GESi quruvchilari va boshqa mas'ul shaxslarga ham qurilish-montaj ishlarini sifatli va o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha barcha choralarni ko‘rishni buyurdi.

Rog‘un GESi loyihasiga ko‘ra har birining quvvati 600 MVtni tashkil etuvchi 6 agregatdan iborat bo‘ladi. 

Gidroelektrostansiyaning tuproq-toshli to‘g‘oni balandligi 335 metr bo‘lib, u mazkur tipdagi eng baland to‘g‘on hisoblanadi. 

Top