20:30 / 29.07.2018
21750

Foto: Buxoroda «Qovun sayli» bo‘lib o‘tmoqda

Buxoro viloyatida O‘zbekiston mustaqilligining 27 yilligiga bag‘ishlab «Qovun sayli» tashkil etildi. Mazkur tadbirda so‘nggi yillarda mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida qishloq xo‘jaligi, xususan, polizchilikni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilayotgani e'tirof etildi.

1996 yildan buyon tashkil etib kelinayotgan «Qovun sayli»ning bu galgisida fermer xo‘jaligi dalalarida yetishtirilgan «Bo‘rikalla», «Barginay», «Gulobi», «Sherozi», «Amiri», «Ko‘kcha» kabi qovunlar namoyish etilmoqda.

Tadbir 30-31 iyul kunlari ham davom etadi.

Top