19:11 / 30.07.2018
9214

Dam olish maskanidagi janjal sabab bir kishi pichoqlandi

Foto: KUN.UZ

17 iyul kuni Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, shu shaharda yashovchi, muqaddam sudlangan N.T. Zarafshon shahrida joylashgan “Jyemchujina” dam olish maskanida o‘zaro janjal oqibatida Zarafshon shahrida yashovchi F.F.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

Natijada F.F. kasalxonaga yotqizilib, N.T. qo‘lga olingan.

Mavzuga oid
Top