15:11 / 30.07.2018
9991

G‘oyib bo‘lgan MN370 layneri ishi bo‘yicha yangi tafsilotlar ma'lum qilindi

Foto: AP

2014 yilda Hind okeani ustida yo‘qolib qolgan Kuala-Lumpurdan Pekinga MN370 reysi bilan parvoz qilgan Malayziya havo yo‘llariga qarashli samolyot yo‘nalishi rejadan tashqari holda o‘zgartirilishi uchuvchilar tomonidan amalga oshirilgan, deyiladi samolyot yo‘qolib qolishi bo‘yicha surishtiruv o‘tkazayotgan komissiya rasmiy hisobotida.

Dushanba kuni Kuala-Lumpurda MN370 reysining yo‘qolib qolishi bo‘yicha surishtiruv o‘tkazayotgan Malayziya davlat komissiyasi rahbari doktor Kok Su Chon hisobot bilan tanishtirdi.

"O‘rganish davomida Hind okeani tomonga rejadan tashqari burilish qo‘lda amalga oshirilgan. Bu vaqtda samolyot avtopiloti o‘chirilgan holatda bo‘lgan. O‘rganishda ishtirok etgan barcha shu fikrda", — dedi u.

Doktor Kok Su Chonning aytishicha, komissiya "layner parvoziga tashqaridan aralashuv bo‘lganligi ehtimolini inkor qilmaydi" va samolyotning Hind okeani tomonga burilib ketishi "uning texnik holati yoki bort tizimidagi kamchiliklar sababli yuz bermaganligiga" ishonchi komil.

Top