15:47 / 30.07.2018
9999

Xavfli tryukni ijro etmoqchi bo‘lgan erkak mashina ostida qoldi

Amerikalik Jyeylen Norvud #InMyFeelings fleshmobidagi tryukni bajarishga urindi, ammo oxirgi lahzalarda uni mashina urib yubordi. Voqea tasvirlangan videolavha uning Instagram sahifasida e'lon qilindi.

Lavha avvalida u mashinadan tushadi va yo‘lning o‘tish qismida reper Dreykning musiqasiga raqs tushadi. Bir necha soniyadan so‘ng u yiqilib tushadi va shu lahzada qarama-qarshi tomondan kelayotgan mashina uni urib yuboradi.

Norvud lavha ostiga yozgan izohida uni urib yuborgan mashina tasodifan kelib qolmaganligini bildirgan. U mashina kapoti ustiga sakrab chiqishi kerak bo‘lgan. Ammo asfaltdagi ho‘l dog‘ uning rejasini chippakka chiqargan.

Avvalroq Ispaniya politsiyachilari #InMyFeelings fleshmobi xavfli ekanligini bildirishgandi. Uning ishtirokchilari avtomobildan tushib amerikalik reperning qo‘shig‘iga raqs tushishadi va oldilariga kelgan mashina kapoti ustiga sakrashadi. Uni birinchi bo‘lib amerikalik komik Shiggi ijro etdi va birpasda ommalashib ketdi.

Mavzuga oid
Top