11:46 / 30.07.2018
8011

«Sarkozi Platiniga siyosiy bosim o‘tkazgan». Blatter JCh-2022 haqida yangi faktni ma'lum qildi

Foto: AP

FIFAning sobiq prezidenti Zepp Blatterning aytishicha, Fransiyaning avvalgi prezidenti Nikolya Sarkozi JCh-2022 mezbonini aniqlash jarayoniga aralashgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu mundialni o‘zida qabul qilishga Qatar, AQSh, Janubiy Koreya, Yaponiya va Avstraliya davlatlari da'vogarlik qilgandi. Qatarliklar to‘rtinchi turda amerikaliklarni 14:8 hisobida ortda qoldirishgan.

«Yomon xabar: Qatar boshqa qatnashchilarga tuxmat qilishda ayblanmoqda! Fakt shuki, Qatar Fransiyaning sobiq prezidenti Sarkozining FIFA vitse-prezidenti Mishel Platiniga siyosiy bosim o‘tkazganidan keyin g‘olib chiqqan», - deb yozdi Blatter «Tvitter» sahifasida.

Avvalroq Qatar JCh mezbonligi uchun kurash vaqtida qora piar qo‘llagan holda raqiblariga imkoniyat qoldirmaslik uchun Markaziy razvedka boshqarmasining agentlari va boshqa PR-firmalarni yollagani xabar qilingandi.

Eng so‘nggi futbol yangiliklarni Tribuna.uz'ning Telegram-kanalida kuzatib boring.

Top