17:20 / 30.07.2018
16895

Urganchdagi 3 ming so‘mlik guruch Mirobod dehqon bozorida 12000 so‘m

Foto: Dreamstime

O‘zbekiston Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi mamlakat bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlarining yangi narx-navolarini e'lon qildi.

O‘zA’ning yozishicha, shakarning bir kilogrammi bozorlarda 5500-4500 so‘mdan sotilmoqda. Eng qimmati – Yangi shahar (Andijon), Jizzax shahar markaziy dehqon bozorlarida bo‘lsa, Qo‘yliq, Farhod dehqon bozorlari (Toshkent) arzon narxlar qayd etilgan.

O‘simlik yog‘ining bir kilogrammi 8-12 ming so‘m. Arzoni Nukus, Termiz shahar markaziy dehqon bozorlarida bo‘lsa, Jizzax va poytaxtimizdagi Farhod dehqon bozorlarida qimmat narxlar kuzatilgan.

Birinchi navli un 1500-4000 so‘mgacha sotilmoqda. Termiz shahar markaziy dehqon bozorida 1500, Yangi shahar bozorida 3500, Chorsu dehqon bozorida 4 ming so‘m.

Makaron 1,500-6000 so‘mgacha. Jizzax va Buxoro shahar markaziy dehqon bozorlarida 6 ming so‘m. Namangan shahri Sardoba dehqon bozorida 2700 so‘m, Yangi shahar (Andijon) dehqon bozorida 1,500 so‘m.

Tovuq go‘shti 8-19 ming so‘m. Eng qimmati Yangi shahar bozorida (Andijon), Mirobod va Yunusobod (Toshkent shahri) dehqon bozorlarida 19 ming so‘m. Buxoro shahar markaziy dehqon bozorida 8 ming so‘m. 

Tuxum 200-650. Toshkent shahri bozorlari – Mirobod dehqon bozorida 650 so‘m, Yunusobodda 600 so‘m. Qo‘yliqda 200 so‘m.

Guruch 3 – 12 ming so‘m. Urganch (Xorazm) va Farhod (Toshkent) dehqon bozorlarida eng arzoni – 3000 – 3300 so‘mgacha. Eng qimmatlari Nukus shahar markaziy bozori va Mirobod dehqon bozorida – 12000 so‘m. 

Kartoshka 700 – 3000 so‘m. Termiz shahar va “Siyob” (Samarqand) bozorlarida eng arzoni bo‘lsa, Guliston shahri markaziy dehqon bozori va Farhod (Toshkent shahri) dehqon bozorida qimmat narxlar qayd etilmoqda.

Piyoz 450-2000 so‘m. Nukus shahar markaziy dehqon bozorida eng yuqori narxda sotilayotgan bo‘lsa, Yunusobod va Qo‘yliq (Toshkent shahri) dehqon bozorlarida arzon narxlarda xaridorlarga yetkazib berilmoqda.

Mavzuga oid
Top