20:20 / 31.07.2018
24511
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi 
Foto: Xushnudbek.uz

Iqtisodiyot fanlari doktori Odil Qalandarovich Abdurahmonov O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda «Kun.uz» manbasi xabar bermoqda.

Odil Abdurahmonov yangi lavozimda biroz avvalroq Sport vaziri bo‘lgan Dilmurod Nabiyev o‘rnida ish boshlagan.

U shu vaqtga qadar prezident devonida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi. U prezidentning davlat maslahatchisi, ijro apparati rahbari Z. Sh. Nizomiddinovga o‘rinbosarlik qilgan.

Top