15:52 / 01.08.2018
17075

O‘zbekistonda ko‘mir narxi bir oyda 74,3 foizga ko‘tarildi

Foto: Knews

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, iyulda O‘zbekistonda ko‘mir narxi 74,3%ga oshgan.

Buning sabab - 1 iyuldan «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ «Temiryo‘lyonilg‘ita'min» boshqarmasi ko‘mir omborlari orqali aholi va byudjyet tashkilotlariga sotiluvchi ko‘mirga chakana narxlarning ko‘tarilishi.

Ta'sis darajasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni aholiga avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali sotiluvchi yoqilg‘i, xususan, propan narxining oshishi egalladi. Bir oy davomida uning narxi 19,3%ga o‘sdi.

Shu bilan birga, aholi, byudjyet tashkilotlari va «O‘zbekenergo» AJ korxonalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha sotiladigan ko‘mir narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatga ega va strategik mahsulot hisoblanadi.

Bundan tashqari, joriy yilning birinchi yarmida ko‘mir qazib olish hajmi 14,8 foizga kamaygan. Agarda 2017 yilning xuddi shu davrida 1,9 million tonna qazib olingan bo‘lsa, 2018 yilda esa faqatgina 1,6 million tonna.

Mavzuga oid
Top