8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

07:38 / 02.08.2018 6550

AQSh sanksiyalari haqida e'lon qilinganidan so‘ng turk lirasining kursi keskin tushib ketdi

Foto: EPA/ERDEM SAHIN

AQSh Turkiyaga qarshi sanksiyalar kiritgani to‘g‘risidagi xabardan so‘ng dollarning turk lirasiga  nisbatan kursi 4,94dan besh liraga yetdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Seshanba kuni AQSh hukumati amerikalik pastor Endryu Branson sababli Turkiyaning ikki vaziriga nisbatan (adliya vaziri Abdulhamit Gyul va ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu) sanksiyalar joriy etilganini e'lon qildi. Ular «pastorning hibsga olinishida yetakchi rolni o‘ynashgan» deyiladi AQSh moliya vazirligi bayonotida.  

AQSh Turkiyaga nisbatan sanksiyalar kiritishi haqida Bloomberg xabar bergandi. Agentlik sanksiyalar «Magnitskiy akti» tamoyilida joriy etilishi ma'lum qilingandi. Unga ko‘ra, sanksiyaga tushganlarning AQShga kirishi taqiqlanadi va Amerika banklaridagi aktivlari hibsga olinadi.

Branson terrorchilar bilan aloqador deb topilgan Fathulloh Gyulenni qo‘llab-quvvatlashda ayblanib 2016 yil oktabrda Turkiyada hibsga olingandi. AQSh sanksiyalar kiritish bilan tahdid qilib uni ozod etishni bir necha bor talab qilgandi.
Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an esa bunga javoban AQSh Turkiyadek yaqin ittifoqchisidan ajralib qolishi mumkinligini va Branson masalasida Anqaraning pozitsiyasi qat'iy ekanligini aytdi.

Top