08:59 / 02.08.2018
16199

CLICK test natijalarini mobil telefonlar orqali bilish imkonini beruvchi xizmatni ishga tushirdi

CLICK kompaniyasi Davlat Test Markazi (dtm.uz) bilan hamkorlikda mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlariga topshirilgan imtihonlarning natijalarini o‘z mobil telefonlari orqali bilib olish imkonini beruvchi xizmatni ishga tushirdi.

Davlat Test Markazi bilan hamkorlikda tushirilgan xizmat yordamida test natijalarini bilib olish maqsadida so‘rov yuborilishi mumkin. Test natijalari oshkor qilinganidan so‘ng, javoblar darhol foydalanuvchiga yuboriladi. Natijalar oshkor qilinishidan avval qabul qilingan so‘rovlarga birinchi navbatda ishlov beriladi. Abituriyentlar imtihonlarning aniq sanasini, joyini va vaqtini, o‘z pasportining raqamini http://testday.dtm.uz/ saytida kiritib bilib olishlari mumkin.

So‘rovlar Telegram bot, CLICK Uzbekistan ilovasi, yoki USSD-menyu orqali yuborilishi mumkin. Xizmat narxi 2300 so‘m va CLICK tizimiga ulangan kartalaridan bevosita undiriladi.

Telegram orqali javoblarni olish uchun @clickuz botiga /start buyrug‘ini yuborish lozim. Ro‘yxatdan o‘tilgandan so‘ng, “DTM-2018 natijalari” punkti chiqadi. Bu yerga javob varaqasining raqamlarini kiritish lozim.

USSD-menyu orqali natijalarni bilish uchun, *880# ni terib, paydo bo‘lgan menyudan “DTM-2018” qismini tanlagan holda, tizimning ko‘rsatmalariga rioya qilish lozim. Beeline mijozlari ushbu xizmatdan USSD-menyu orqali foydalana olmaydilar va ular yuqorida ko‘rsatilgan tizimimizning boshqa interfeyslari orqali foydalanishlari mumkin.

Top