10:57 / 02.08.2018
3782

Hindistonda dengiz qaroqchiligi uchun o‘lim jazosini joriy etishmoqchi

Foto: Brookings Institution

Hindiston hukumati dengiz qaroqchiligiga aloqador shaxslarga nisbatan o‘lim jazosi yoki bir umrlik qamoqni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini ma'qulladi, deb xabar berdi NDTV telekanali.

Qonun loyihasi Hindistonning dengiz orqali yuk tashuvlari hamda hind savdo kemalari ekipajlari xavfsizligini oshirishga qaratilgan, deyiladi telekanal xabarida.

OAVning eslatishicha, keyingi oylarda Hind okeanida bir necha marta savdo kemalariga hujum qilish holatlari qayd etilgan. Hindistonning amaldagi qonunchiligida qaroqchilik uchun qamoq jazosi belgilangan, ammo ekspertlar mavjud qonunchilikni yanada qat'iylashtirish kerakligini qayd etishmoqda.

Top