10:38 / 02.08.2018
15838

Markaziy bank so‘m kursini ushlab turish uchun yarim yil ichida 900 mln dollar yo‘naltirdi

Foto: digitaltrends

O‘zbekiston Markaziy banki joriy yilning birinchi yarmida so‘m kursini qo‘llab-quvvatlash uchun 900 mln AQSh dollari miqdorida valyuta intervensiyasini amalga oshirdi. Bu haqda MBning pul-kredit siyosati bo‘yicha sharhida aytiladi.

«Agar Markaziy bankning valyuta intervensiyalari hajmi birinchi chorakda 600 mln dollarni tashkil etgan bo‘lsa, ikkinchi chorakda bu intervensiyalar hajmi 300 mln dollarga teng bo‘ldi», - deyiladi sharhda.

MB mutaxassislari valyuta intervensiyalaridan foydalanishni mavsumiy omil bilan, xususan, ikkinchi va uchinchi choraklarda, ya'ni jismoniy shaxslarning pul o‘tkazmalari miqdori sezilarli darajada ko‘paygani bilan bog‘lashmoqda.

Markaziy bank ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning birinchi yarmida pul o‘tkazmalari hajmi 2017 yilning shu davri bilan taqqoslaganda 14%ga oshib, 2,3 mlrd dollarni tashkil qildi.

Top