8441.36 USD -14.01

9493.15 EUR -61.42

131.78 RUB +0.25

10963.6 GBP -96.83

07:26 / 02.08.2018 1941

JSST Kongoda Ebola bezgagi avj olayotganini e'lon qildi

Foto: REUTERS/Kenny Katombe/File Photo

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Kongo janubida Ebola bezgagi yana avj olayotganini e'lon qildi.

Avvalroq 8 mayda Kongoda Ebola paydo bo‘lgani haqida xabar tarqalgan va bu hisob bo‘yicha to‘qqizinchisi bo‘lgandi. Bezgak mamlakat shimoli g‘arbidagi hududda tarqalgandi. Kasallikdan 33 kishi vafot etgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi 24 iyulda kasalik tarqalishi to‘xtagani haqida xabar bergandi.

"Kongo demokratik respublikasi hukumati dastlabki laboratoriya tahlillarida Shimoliy Kivu provinsiyasida Ebola bilan kasallanish bo‘yicha qator holatlar sodir bo‘lgani aniqlanganini bildirdi", — deb xabar berdi JSST Twitter’da.

JSST rahbari Tedros Adanom Gebreisus tashkilot mazkur hududga xodimlari va tegishli jihozlarni yuborishni boshlaganini ma'lum qildi. 

"Ebola KDR uchun doimiy tahdid hisoblanadi. Biz unga qarshi ilgarigidek kurashamiz", — deb yozdi u mikroblogida.

Ebola virusi natijasida paydo bo‘ladigan kasallik odamlar va ayrim hayvonlarga yuqadigan o‘tkir virusli infeksiyadir. Ebola epidemiyasi 2015 yilda G‘arbiy Afrikada paydo bo‘lgan bo‘lib, asosan uchta davlat: Gvineya, Serra-Leone va Liberiyada tarqalgan. JSST ma'lumotlariga ko‘ra, oxirgi marta yuz bergan yirik epidemiya oqibatida 28,6 ming kishi kasallangan, 11,3 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Top