07:49 / 03.08.2018
10729

TIVda o‘zgarish. Abdulaziz Komilovga maslahatchi tayinlandi

Foto: TIV axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovga maslahatchi - ijro etuvchi apparat rahbari tayinlandi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
 
Qayd etilishicha, 2018 yilning 2 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov TIV hay'atining kengaytirilgan majlisida vazir maslahatchisi - Ijro etuvchi apparat rahbari etib tayinlangan Jahongir Xidayxo‘jayevni tanishtirgan.

J.Xidayxo‘jayev bunga qadar TIV Konsullik-huquqiy departamenti bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Top