14:34 / 03.08.2018
16599

O‘zbekiston valyuta birjasida dollar va yevro haftani pasayish bilan yakunlamoqda

Foto: iStock

Dollar birjada haftani 7786 so‘m, yevro esa - 9294 so‘mlik ko‘rsatkichda yakunlamoqda. Bundan Respublika valyuta birjasi ma'lumotlari darak beryapti.

Dollar o‘tgan hafta davomida 5 so‘mga arzonlashdi, yevro - 7 so‘mga.

Markaziy bank kursi bo‘yicha esa, aksincha, so‘m dollarga nisbatan 2,5 so‘mga arzonlashdi va yevroga nisbatan 45,3 so‘mga mustahkamlandi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftani dollar va yevro o‘sish bilan yakunlagandi

Top