11:49 / 06.08.2018
12979

O‘zbekiston Rossiyaga sarimsoq eksportini 84 foizga oshirdi

Foto: Pinterest

2018 yil yanvar-may oylarida O‘zbekiston Rossiyaga 795,5 ming AQSh dollarlik 779 tonna sarimsoq eksport qildi.

Shu bilan birga, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan O‘zbekiston eksport hajmi (+84%) va qiymatini (+61%) oshirdi, deb xabar beradi «Eksportery Rossii» portali.

Sarimsoqning eng katta hajmi 2018 yil yanvar-may oylarida Rossiyaga an'anaviy ravishda Xitoy (77%) va Misr (17%) tomonidan eksport qilindi.

Rossiyaga sarimsoq importining 2 foizi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keldi.

Gruziya 2018 yilning ko‘rsatilgan davrida Rossiyaga 255 tonna 145 kilogramm sarimsoq eksport qildi, bu butun 2017 yil (91 tonna 129 kilogramm) hajmidan ko‘p. Mamlakat Rossiyaga sarimsoq eksport qilayotgan mamlakatlar orasida to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Top