15:26 / 06.08.2018
46956

O‘zbekistonda samolyot Internetda sotuvga qo‘yildi. Narxi 1 mln dollar

Foto: OLX

O‘zbekistondagi ommabop e'lonlar saytlaridan birida Boeing 737-500 yo‘lovchi samolyoti sotuvga qo‘yildi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, bu Jyet Boeing1991 yilda ishlab chiqarilgan, uzunligi 31 metr, u ikkita motorga ega. Umumiy parvozlar miqdori 28 ming soatdan ko‘proq. Samolyotga 120 nafar yo‘lovchi sig‘adi. Narxi - taxminan 1 mln dollar.

Samolyotni sotayotgan shaxs, taqdim etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, Namangandan. Biroq, samolyotning o‘zi hozir Rossiyada.

Ushbu xabar yozilayotgan paytda e'lon faol maqomda bo‘lmagan. 

Top