08:34 / 08.08.2018
19837
Anjyelina Joli Bred Pitt oz aliment to‘layotganidan shikoyat qildi
Foto: Best Life Central

Gollivud aktrisasi Anjyelina Joli sudga murojaat qilib, Bred Pittni ularning umumiy farzandlari uchun yetarlicha aliment to‘lamayotganlikda aybladi, deb xabar berdi NBC.

"Pittning aliment to‘lash majburiyati bor. Bugungi kun holatiga ko‘ra, u ajrashganidan buyon yetarlicha miqdorda pul to‘lamadi", — deyiladi Jolining advokati Samanta Bley Dejinning Los-Anjyeles sudiga murojaatida.

Aytilishicha, Joli sud Pittni aliment to‘lashga majbur qilishiga erishmoqchi.

"Bolalar uchun to‘lov bo‘yicha norasmiy kelishuv bir yarim yil davomida bajarilmagani bois aliment undirish masalasida sudga murojaat qilish ko‘zda tutilgan", — deyiladi bayonotda.

TMZ portalining xabar berishicha, Joli suddan nikohdan ajratish jarayonini tezlashtirishni so‘ragan.  

2016 yil sentabrda Joli Bred Pitt bilan ajrashish uchun sudga murojaat qilgani xabar qilingandi. Aktrisa shuningdek, olti nafar farzandini o‘zi bilan qoldirishlarini so‘ragan.

Top