13:13 / 08.08.2018
13635
Bazalt armatura o‘zi nima?
Foto: Basalt

Basalt kompaniyasi hamkorligida aniqlaymiz.

Bazalt armatura o‘zi nima?

Bu o‘zini butun dunyoda yuqori sifatli mahsulot sifatida ko‘rsata olgan innovatsion qurilish materiali. Bu temir armaturaning analogi. Ushbu materialning 80 foizi kosmik va harbiy sanoatda, kemasozlik va samolyotsozlikda qo‘llanadigan roving deb nomlanuvchi uzluksiz bazalt toladan iborat. Bazalt armatura temir armaturaga qaraganda 30-50 foizga arzon va 10 marta yengil bo‘lib, bu uning transportirovkasiga ketadigan xarajatlarni qisqartirish imkonini beradi. Bazalt armatura zanglamaydi, demak, uning texnik xususiyatlari butun foydalanish davrida saqlanib qoladi.

Bazalt armatura qay darajada uzoq xizmat qiladi?

Bazalt armaturaning prognoz qilinayotgan xizmat muddati 50-80 yilni tashkil etadi. Bazalt armaturaning uzoq xizmat qilish parametri uning mustahkamligi tufayli temir armaturanikiga qaraganda yuqori. Aynan shuning uchun bazalt armatura Tselsiy bo‘yicha -70 dan +100 darajagachani tashkil qiladigan ishchi haroratlarning keng diapazoniga bardosh beradi. Uning olovga chidamliligi Tselsiy bo‘yicha 300 darajagachani tashkil qiladi.

Bazalt armatura o‘zidan toksik moddalarni chiqaradimi?

Yo‘q, bazalt armatura ekologik toza, u toksik moddalarni ajratmaydi. Shuningdek u issiqlikni yaxshi saqlaydi, sezgirlik darajasi yuqori bo‘lgan, shu jumladan tibbiy uskunalarning ishlashiga xalaqit bermaydi. Bazalt armatura qo‘llangan binolarda mobil aloqa signali yaxshiroq o‘tadi.

Bazalt armatura qanday birlashtiriladi va transportirovka qilinadi?

Bazalt armaturani payvandlash shart emas. U plastik xomutlar yordamida yoki oddiy to‘qiladigan sim bilan mahkamlanadi, bu inshootning zilzilalarga chidamliligini oshiradi. Bazalt armaturani montaj qilish uchun beso‘naqay va qimmat qurilish texnikasidan foydalanish zarurati yo‘q. Diametri 12 mm gacha bo‘lgan armaturani tashish oson, u bukiluvchan bo‘lib, rulonlarga o‘raladi. Diametri 14 mm va undan katta bo‘lgan bazalt armatura holatida simlarning uzunligi buyurtmachining ixtiyoriga qarab bajariladi.

Narxlar oshmoqda, kelajakda bazalt armatura narxi ham oshadimi?

Temir armaturadan farqli o‘laroq bazalt armaturaning qiymati narxlardagi keskin o‘zgarishlarga uchramaydi.

Hovlimda basseyn qurmoqchiman, bazalt armaturadan foydalansam bo‘ladimi?

Bazalt armatura namlik darajasi yuqori bo‘lgan va boshqa tajovuzkor muhitga ega konstruksiyalar uchun juda mos tushadi. U korroziyaga uchramaydi, shu bois uni yaxmalaklar, gidroinshootlar, oqova ariqlar, kanallar, kanalizatsiyalar, basseynlar qurilishida qo‘llash mumkin. Shuningdek undan katta ko‘lamli qurilishlarda, ya'ni metro, ko‘prik, avtomobil trassalari va temir yo‘l ko‘tarmalarini barpo etishda ham foydalansa bo‘ladi.

Basalt kompaniyasining zavodi qayerda joylashgan?

Zavod ikkita obektda joylashgan: birinchisi Jizzax viloyatining Forish tumanida. Ushbu zavodda bazalt rudasiga qayta ishlov beriladi va bazalt tola ishlab chiqariladi. Keyin tola Jizzax viloyatining Erkin iqtisodiy zonasidagi zavodga transportirovka qilinadi. Bu yerda tola bazalt armaturaga aylantiriladi.

Kelasi yili zavodda ishlab chiqarishni kengaytirish rejalashtirilmoqda: kompaniya uzluksiz bazalt toladan kompozit trubalar, burchaklar, profillar ishlab chiqarishni mo‘ljallagan.

Bazalt armaturani qayerda xarid qilish mumkin?

Bunyodkor shoh ko‘chasi, 27-uy manzilida joylashgan Mega Invest Industrial xoldingining savdolar bo‘limida.

Mo‘ljal: “Olmazor” (oldingi “Sobir Rahimov”) metro bekati.

Kompaniya chakana savdolar uchun ham, mamlakat hududlari bo‘ylab tovar distribyutsiyasi uchun ham ochiq.

Bazalt armaturani xarid qilish, temir armaturani bazalt armaturaga almashtirish, qurilishda undan to‘g‘ri foydalanish masalalari bo‘yicha quyidagi raqamlarga murojaat qiling:

+998998635770

+998998625770

Qo‘shimcha ma'lumotlarni www.basalt.uz saytidan ham olishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Top