12:26 / 08.08.2018
5569

Pentagon rahbari: «Koinot harbiy harakatlarning yangi teatriga aylandi»

Foto: AFP/ Saul Loeb

AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettis Amerika qurolli kuchlari ichida kosmik kuchlarga tezkor qo‘mondonlikni tashkil etish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi.

«Biz koinotga harbiy harakatlar rivojlanayotgan teatr, deb qarashimiz kerak. Tezkor qo‘mondonlikni tashkil etish, albatta, variantlardan biri sanaladi», - deya Pentagon rahbarining so‘zlarini keltiradi ABC News.

Iyun oyida Tramp Pentagonga alohida turdagi qo‘shinlar - Harbiy-kosmik kuchlarni tashkil etish haqida topshiriq berdi. Bu koinotdagi Amerika infratuzilmasi xavfsizligi borasida tashvishlar paydo bo‘layotgani sababli kuzatildi.

Mettisning so‘zlariga ko‘ra, mahkama ushbu tashabbusni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi va g‘oyani amalga oshirish ustida ishlamoqda. Pentagon rahbarining ta'kidlashicha, koinot - «yer, havo va dengiz kabi jang maydonidir».

Amerikalik kosmik obektlarning zaifligi haqida avvalroq NASA direktori Jim Braydenstayn ham aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, GPS signalining yo‘qolishi AQShga «hayot faoliyatining to‘xtashi» bilan tahdid qiladi.

Hozirda AQSh qurolli kuchlari tuzilmasida oltita geografik (Afrika, Yevropa, Tinch okeani, Shimoliy, Janubiy, Markaziy) va to‘rtta funksional (Strategik, Transport, Kiberqo‘mondonlik va Maxsus amaliyotlar) qo‘mondonligi mavjud. 

Mavzuga oid
Top